fbpx

Mohirdev

MERN Praktikum

Play Video

Kursga yozilish


Kurs davomida nima o'rgatiladi?

Full Stack JavaScript dasturchi, MERN Stack yo'nalishi. Ushbu kursda o'qish uchun sizdan faqat HTML, CSS, Bootstrap texnalogiyalarni bilish talab qilinadi. Sababi shundaki. Praktikum kursda asosan real loyihalarni algoritmiga va strukturasiga katta uyg'u berilgan, kompaniyalarga aynan shu narsalarni bilish talab qilinadi.

Materiallar o'z ichiga oladi:

Praktikum ustozi

Samar Badriddinov

JavaScript zero to hero va React.js Mohirdev kurslar muallifi. Katta muhandis, ustoz Samar Badriddinov. Mohirdev.uz ta'lim platformasi TOP kurslar muallifi, o'quvchilar tomonidan belgilangan eng yaxshi instruktorlardan biri.

Kurs tarkibi

1-modul. Murakkab JavaScript

Ushbu kurs JavaScriptni chuqur o’rganishga qaratilgan, ammo asosiy maqsad – uni amalda darhol qo’llashdir. Bu shuni anglatadiki, siz ishlash uchun material olasiz va birgalikda biz bosqichma-bosqich haqiqiy loyihalarni yaratamiz. Nazariy yaxshi, ammo amaliyotsiz natija bo’lmaydi. Shuning uchun xar bir nazariy blog amaliyot bilan yakunlanadi, u erda siz dastur, sayitdagi interaktiv elementlar va hokazo. Ish uchun barcha materiallar ta’minlanadi. JavaScript nima va nima uchun uni tezroq o’rganish kerak ? JavaScript – bu veb-sahifalardagi interaktiv til hisoblanadi. Hozirga kunda internetda u siz bitta sayit ham tasavur qilib bo’lmaydi. Va undan ham ko’proq! Turli xil framoworklar yordamida JavaScript internetni to’ldiradi: server tomoni (NodeJS), mobil ilova (ReactNative, Ionic), virtual haqiqat (ReactVR) va hokazo. Shuning uchun agar siz ushbu yo’llardan biri bilan borishni istasangiz – JavaScript siz uchun kerakli bazaga aylanadi.

2-modul. To'liq ReactJS, Redux & NextJS.

Ushbu modulda biz ReactJS, state manegment Redux va React framework NextJS texnalogiyalarni to'liq o'rganib chiqamiz. Eng asosiy tarafi shundaki biz faqat amaliyot yordamida o'rganamiz. Loyihalar ketidan loyihalar, va shu loyihalar ichida sizga ishga kirish uchun lifehacklar va keraklik nazariy bilimlarni ham o'zlashtirib ketasiz. ReactJS o'zi nima? Xozirga kunda JavaScript dasturlash tili uchun eng keng qo'llanib kelayotgan kutubxona, va ish vakansiyalar ham aynan ushbu kutubxona uchun juda ko'p. Qiziqarli va o’ziga qaram qiladi. React – bu Facebook tomonidan ishlab chiqilgan eng mashhur kutubxona. Instagram, Facebook, Twitter, AirBnb, PayPal, Uber, Netflix, Vkontakte, Vimeo, Trello, Yandex xizmatlari va boshqa ko’plab yirik mahsulotlar React-da ishlab chiqarilgan.

3-modul. Backend NodeJS ExpressJS & MongoDB.

JavaScript-ni server tomonida ishlab chiqish va ikkita real misol yordamida foydalanuvchi qismi va server o'rtasidagi munosabatlarni juda chuqur tahlil qilish. Modul NodeJS-ni o'rnatishdan tortib, tugallangan dasturni joylashtirish va uni serverda joylashtirishgacha bo'lgan asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. Juda ham ko'p amaliyotlar va Portfolio uchun tayyor kodlar. Kursning amaliy qismining kulminatsiyasi katta statik onlayn-do'kon va murakkab REST API ilovasini yaratishdir. Kurs darslarini takrorlash orqali siz noldan 2 ta ilova yaratishingiz va ularni portfelingizga joylashtirishingiz mumkin bo'ladi. Va agar kerak bo'lsa, uni har qanday ehtiyojlaringizga mos ravishda o'zgartiring, shu jumladan. va tijorat maqsadlarida. NodeJS tezkor ilovalarni yaratish uchun foydalidir, chunki u bir vaqtning o'zida ko'p sonli yuqori tarmoqli ulanishlarni boshqarishga qodir. Bu saytga millionlab tashrif buyuruvchilarni qo'llab-quvvatlaydigan veb-saytlar yaratmoqchi bo'lgan ko'plab dasturchilarni jalb qiladi.

4-modul. MERN Stack ijtimoiy tarmoq yasash

MERN bu MongoDB, Express.js, React.js va Node.js degan ma'noni anglatadi - va birgalikda ushbu to'rtta texnologiya ajoyib veb-ilovalarni yaratishga imkon beradi. Ushbu kursda biz TO'LIQ HUQUQLI IJTIMOIY TARMOQ veb-saytini yasaymiz.

5-modul. TYPESCRIPT, WEBPACK & REACTJS

Typescript Javascript-ning "superset"idir. Bu shuni anglatadiki, agar siz allaqachon Javascriptni bilsangiz, ushbu kursni o'tashga tayyorsiz. Typescript Javascript-ga bir nechta muhim xususiyatlarni, jumladan, tip tizimini qo'shadi. Ushbu turdagi tizim xatolarni ish vaqtida emas, balki dizayn vaqtida aniqlashga yordam berish uchun mo'ljallangan. Bu shuni anglatadiki, siz avvalroq ishlab chiqilayotgan xatolarni aniqlab, ikki baravar samaraliroq bo'lasiz. Ammo tip tizimidan tashqari, Typescript katta kod bazalarini tuzish va haqiqatan ham qayta foydalanish mumkin bo'lgan kodni yozish uchun bir nechta vositalarni taqdim etadi. Hujjatlarni o'qish orqali Typescriptni o'rganish oson emas. Siz "yozilgan massiv" yoki "interfeys" nima ekanligini bilishingiz mumkin bo'lsa-da, hujjatlar ushbu funktsiyalardan qayerda foydalanishni yoki ulardan qanday samarali foydalanishni ko'rsatmaydi. Ushbu kursning maqsadi har bir Typescript xususiyati nima uchun mavjudligini va ularni qayerda ishlatishni tushunishga yordam berishdir. Etakchi kompaniyalar Typescript dasturchilarini intiqlik bilan kutishmoqda. Bugungi kunda ba'zi eng yirik veb-ilovalar Typescript yordamida yaratilgan. Ish beruvchilar ushbu ilg'or tizimda ravon muhandislarni topishga qiynalmoqda. Typescript-ni yaxshi bilish sizga boshqa bir nechta muhandislarga ega bo'lgan noyob ko'nikmalarni berib, sizni yanada ishga joylashtiradi.

6-modul. Suhbatga tayyorlov, Portfolio va Ish kirish jarayoni

Kompaniya tasnifi. Ularning har birida qanday istiqbollar bor va ish uchun qaysi birini tanlash kerak

Karyera maqsadini belgilash nima va bosqichma-bosqich rivojlanish rejasini qanday yaratish kerak

Rezyume va muqovali xatlarni yozishda nimani bilishingiz kerak

Hard skills va soft skills nima?

Ish beruvchi bilan suhbatga qanday to'g'ri tayyorgarlik ko'rish va rad etishga to'g'ri munosabatda bo'lish

To'g'ri birinchi ishni qanday tanlash kerak?

Kursning ochiq qismini ko'rib, ishonch hosil qiling

1-loyiha. 42-dars: Qidiruv tizimi va filter

2-loyiha. 31-dars: Movie App loyihasi. Umumiy film ro’yxatini yasash

MERN ijtimoiy tarmoq. 18-dars: Maqola qo’shish sahifasi

Biz haqimizda o'quvchilar fikri

Biz hunarda, kasbda yoshlarimiz ilg’or bo’lishini taminlaymiz.


Ismatulla Kuyliev

Kurs juda yuqori saviyada tayyorlangan. Hamma qo'llanilgan texnalogiyalar va ular yordamida qilingan har bir proyekt o'rganuvchilarni kursni bitirgandan so'ng boshqa raqobatchi junior developer lardan ajralib turishi uchun maxsus tayyorlangan. Isboti sifatida haxsan o'zim bilan bo'lgan bir voqeani aytsam: JavaScript bo'limini tugatib, Samar aka bilan maslahatlashgan xolda u yerda qilingan loyihani LinkedInga qo'ydim va 2 kun ichida menga bir kompaniya tomonidan ish taklifi keldi. Ularga aynan shu proyekt yoqqanini va shunga o'xshagan proyektlar qilib berishimni so'rashdi. ReactJSni tugatishim bilanoq to'liq frontend developer sifatida ishga topshirdim va hozirda junior dasturchi bo'lib ishlayman. Eng qizig'i kurs boshlangandan 3 oy o'tib o'z ishimni topdim


Islom Alixujaev

Ishga kirganimdan ko'rinib turibdiki, kursni menga juda katta yordami tegdi. Bu kursgacha men faqat html css va JavaScript boshlang'ich malumotlarini bilardim. Hozir esa Alhamdulillah junior darajadagi frontend dasturchi bo'ldim. Bu uchun Mohirdevga katta rahmat


Ikhlas Aralbaev

Kursda kudayam ko'p ma'lumotlar berilgan. Bemalol kursni bitirib ishga kirish uchun to'laqonli bilimga ega bo'lish mumkin. Men kursning 50% qismini bitiriib (intership) ishga kirdim. Hozir ReactJS | Frontend Dasturchi sifatida amalyot o'tayabman, kursni barchaga masalahat beraman


Og'abek

Darslar juda yaxshi alhamdulillah, ham narxi arzon. Barcha kerakli mavzular o'rgatilgan. Men hozir 3-moduldaman va haligacha hech qanday muammoga duch kelmadim. Bu kurs MERN dev bo'lishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat


Asadbek

Kurs judayam ajoyib tartibda ishlab chiqilgan. Mavzular ketma-ketligi kursni o'zlashitirishda ancha qulayliklar yaratadi. Va deyarli hamma dars amaliyotga bog'lab o'tilgan


Abbos Sultonov

Kurslar aniq bir maqsadga erishish uchun yetarlicha bilim bera oladi. Faqat qunt bilan o'rganish bizdan talab etiladi. Ustoz sizga katta raxmat

Kurs uchun to'lov

Bizga to’lovni Payme va CLICK orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Bir martalik to'lov

1,500,000 so'm

Ko'p so'raladigan savollar

Data Science va Sun’iy Intellekt kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 6 oy uchun deyishimiz mumkin. 

Dasturlashga endi kirib kelgan va fullstack dasturchi bo’lishni maqsad qilgan o’quvchilar va Javascript texnologiyalarini chuqurroq o’rganmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun tavsiya qilinadi

Bu kursda siz veb dasturlashning Frontend va Backend qismini o’rganasiz va Full Stack dasturchi bo’lib chiqasiz. Full Stack dasturchilar eng talabgir mutaxassislardan biri bo’lib qolmoqda. Kurs davomida esa murakkab 7 ta real loyiha qilasiz. Bu esa birinchi ishingizni topish ehtimolini oshiradi.

Kurs to’liqligicha videodarslardan tashkil topgan. Platformada onlayn videodarslarni ko’rib, berilgan vazifalarni bajarasiz. O’qituvchi bilan haftada bir marotaba ZOOM uchrashuv bo’lib o’tadi. Savollaringizni zoom uchrashuvda va yopiq guruhda berishingiz mumkin.

Har bitta modulning o’ziga yarasha topshiriqlari bo’ladi. Topshiriqlar mavzularning katta kichikligiga qarab ko’proq va kamroq beriladi.   

Bu har bir modulga qarab o’zgarishi mumkin. O’rtacha haftasiga 10 soat ajratishingiz tavsiya qilinadi.

Siz kursni tugatgach ushbu texnologiyalarga ega bo’lasiz: JavaScript, NodeJs, ReactJs, ExpressJs, MongoDB, Redux, NextJs, OOP, GraphQL, GraphQLCMS, TypeScript, Webpack, Google Extention, Postman, Rest API,Babel, CoreJs, Github, Redux toolkit, JWT/Session, Tailwind CSS, MaterialIUI, Bootstrap, MaterializeCSS.

Savollaringizni maxsus ochilgan Telegram guruhda berishingiz va siz kabi o’rganuvchilar bilan muloqot qilishingiz mumkin. Savollaringizga mentorlar javob beradi va talabga qarab, o’qituvchi bilan zoom uchrashuv bo’ladi. 

Xa, faqat kurs oxirida beriladigan kurs loyihasini muvaffaqiyatli topshirgan o’quvchilargagina Mohirdev sertifikati beriladi.

Ishga kirishda kursda egallagan bilimlaringizdan tashqari, sizning muloqot qila olish qobiliyatingiz, resume yoza olishingiz va effektiv jamoa bilan ishlash kabi ko’nikmalaringizga ya’ni soft skill ingizga qarashadi. Bu ko’nikmalarni shakllantirishga Mohirdev jamoasi yordam beradi.

Xa, kurs foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo’ladi. Bemalol esdan chiqqan mavzularingizni keyinchalik qaytadan ko’rib olishingiz mumkin.

Xa albatta, bo’lib to’lash shartnoma asosida bo’lib o’tadi. To’lovni 2ga bo’lib to’lashingiz mumkin. Ikkala to’lov orasida 2 hafta muddat beriladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling

Kartadan kartaga pul ko’chirish yo’li orqali kursimizni xarid qilishingiz mumkin. Sotib olish uchun bog’laning: @mohirdevsales